Kogon shahar hokimligida bitiruvchilar bandligini ta'minlash maqsadida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Kogon shahar hokimligida bitiruvchilar bandligini ta'minlash maqsadida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbirda Kogon tuman va Kogon shahar hokimligi mutasaddilari, ish beruvchi korxona va tashkilotlar vakillari hamda Buxoro davlat universiteti bitiruvchilari va talaba-yoshlari faol ishtirok etishdi.
Tadbir davomida bitiruvchi yoshlar mutasaddilar bilan ochiq muloqot qilish, ish beruvchilar bilan bevosita suhbatlashish, mavjud bo'sh ish o'rinlari bilan tanishish hamda o'z mutaxassisligi va qiziqishlariga mos ish o'rinlariga ega bo'lish imkoniyatidan yaratildi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning bandligini ta'minlash, ularni munosib ish o'rinlariga yo'naltirish hamda kelgusidagi mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli boshlashida muhim ahamiyat kasb etadi.