Kogon tuman hokimi Esanov Muhiddin Turdiyeviç, Kogon şahar hokimi Davlatov Hayot Hasanoviç va bitiruvçilar uçraşuvi.
Uçraşuvda Kogon tumani va şahridan Buxoro davlat universiteti bitiruvçilarining 52 nafari iştirok etişdi.
Kogon tuman hokimi Esanov Muhiddin sözga çiqib, tumanda va Kogon şahrida maktab va maktabgaça ta’lim sohasida, tibbiyot sohasi, energetika va quriliş sohasi va sport sohalari kesimida vakant iş örinlari mavjudligini bildirib, kimda qanday murojaat bölsa bildirişini aytdi va sözni talabalarga berdi. Bunda,
- “Arxivşunoslik” magistratura mutaxassisligi 2-bosqiç bitiruvçisi öqişni tamomlagandan keyin tumanda işlamoqçiligini, şu sababli öz yönalişida iş topib berişlarini söradi. Tuman hokimining ijtimoiy masalalar böyiça örinbosari şu yönalişda tumanda böş örin borligini, qabul qilinişini ma’lum qildi;
- Buxoro davlat universitetining “Matematika” yönalişi 3 nafar bitiruvçilari (“B.Naqşband” MFY, “Yangihayot” MFY va “Xöja Yakşaba” MFY) tumandagi maktablarga işga qabul qilindi;
- “Agronomiya va biotexnologiya” fakulteti “Biologiya” va “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” yönalişlari bitiruvçilari tuman Agrokompleksiga işga qabul qilindi;
Buxoro davlat universiteti “Axborot texnologiyalari” fakulteti dekani Xamza Eşankulov tomonidan universitetda robotexnika, IT va konstruksiyali öyinçoqlar işlab çiqariş yölga qöyilganligini, agar tuman va şahar hokimligi tomonidan şaroit yaratilsa çekka hududlardagi iqtidorli yoşlarni topib, ularga ta’lim berişni va öqituvçilar malakasini oşirişga ham kökamlaşişini bildirdi. Aynan şu taklifga tuman hokimi Muhiddin Esanov tomonidan qiziqiş bildirilib, Robototexnika maktabini taşkil etiş uçun 100 million söm mablağ tuman hokimligi tomonidan ajratilişini ma’lum qildi.