• Biz haqimizda
    • Ko'p beriladigan savollar
    • OTM statistikasi
    • Faxrli bitiruvchilar
  • Yangiliklar
    • Foto lavhalar
  • Maqolalar
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Rezyumelar
  • Rezyume to'ldirish
  • AI Yordamchi
  • Bog'lanish
Kirish

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Mehnat yarmarkasida Buxoro tumanida mavjud bo'sh ish o'rinlari tanishtirildi
29.08.2023

Mehnat yarmarkasida Buxoro tumanida mavjud bo'sh ish o'rinlari tanishtirildi

Bugungi kunda mamalakatimizda yoshlarni ish bilan band qilish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishini ta'minlash va shu orqali iqtisodiyotda ishsizlik darajasini kamaytirish maqsadida davlatimiz rahbarining bir qator ko'rsatma va topshiriqlari berilgan. Berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida esa universitetimizda ham rejaga asosan bandlikni ta'minlashga ko'maklashuvchi bir qator tadbirlar o'tkazilishi rejalashtirilgan. Xuddi shunday tadbirlardan biri bugun, 29-avgust kuni Buxoro tumanida bo'lib o'tdi.

Buxoro tuman Kambag'allikni qisqartish va bandlik vazirligi hududiy bo'limi, tuman Aholi bandligiga ko'maklashish markazi, tuman "Ishga marhamat" monomarkazi hamkorligida Buxoro tuman Iqtisodiyot kollejida tashkil etilgan bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida tumandagi ilg'or tadbirkorlar va va ishlab chiqarish korxonalari o'zlarining vakant ish o'rinlari bilan ishtirok etdilar. Tashrif buyurganlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Jumladan, Buxoro tumanidagi "Gold Buxara Tekstil Group" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashrif buyurganlar e'tiboriga 5 ta vakant ish o'rni, "Grand Buxara Plus Trade" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 15 ta vakant ish o'rni, "Rostexstroy" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 30 ta ish o'rni, tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan 15 ta vakant ish o'rni va eng ko'p "Milmaxtrade" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 200 ta bo'sh ish o'rinlari taklif etildi. Asosan, tikuv fabrikalari, tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish sexlari hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sazqlash va qayta ishlash korxonalari tomonidan taklif etilgan bo'sh ish o'rinlari yig'ilganlarda qiziqish uyg'otdi. Natijada yarmarkaning o'zida 15 nafar yoshlar bilan mehnat shartnomasi imzolashga erishildi va ishni ertasi kundanoq boshlashlari mumkinligi ma'lum qilindi.

Tadbir so'ngida shu kabi mehnat yarmarkalarinining sonini ko'paytirish va aholiga mavjud bo'sh ish o'rinlari haqida ko'proq ma'lumot berish uchun yaqin kunlarda yana bir mehnat yarmarkasi tasshkillashtirilishi aytib o'tildi.

Kategoriyalar

  • yarmarka 39
  • ko'rgazma 2
  • karyera kuni 26
  • Seminar trening 14
  • E'lon 3
  • munozara 5
  • Koordinator faoliyati 1
  • kelishuv 8
  • uchrashuv 40
  • hokim bilan uchrashuv 33
  • tanlov 2
  • Xotira 1
  • Xordiq 1
  • korrupsiya 1

HashTaglar

"Kapital bank" Buxoro filiali mehmonxona korr korrupsiya ishonch I.Karimovni eslab Buxoro Davlat Universiteti Koordinator faoliyati mahorat darsi Hokim bilan uchrashuv British American Tobacco Uzbekistan Biznesda_yoshlar karyera kuni - 2024 "ARTEL KOMPANIYASI" BUXORO FILIALI "Ekvatorial Chodak" tekstil korxonasi Karyera kuni “WORLD EDU 2023” O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fav va Innovatsion vazirligiI Ochik eshiklar Buxoro xalqaro aeroporti bilan kelishuv uzbat xalqaro korxona Biznesda_yoshlar hisobot kelishuv UZBAT BuxDU munozara Munozara_viloyat_bosqichi_saralash yarmarka tanlov energetika Biznes marafon “SOF EXPO SAMARKAND” uchrashuv Buxoro Agroklaster Buxoro Varnet munozara maktab Reikartz mehmonxonasi
Yangi ish o'rinlari va bildirishnomalar haqida yangilanishlarni olish uchun hoziroq elektron pochta obunamizga qo'shiling

Karyera markazi sizga imkoniyatingiz va sharoitingizga mos ravishda ish qidirishga yordam bera oladi!

  • Manzil : Muhammad Iqbol ko'chasi 11-uy

  • Email : cace@buxdu.uz

  • Telefon raqam : +998(65) 221-27-49

  • Biz haqimizda
  • Ko'p beriladigan savollar
  • Faxrli bitiruvchilar
  • OTM statistikasi
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Foto lavhalar
  • Video lavhalar
  • Bog'lanish
Copyright © 2025 by MEME CODER +998 93 478 68 81
AI Assistant
Online

Salom! Sizga qanday yordam bera olaman?