• Biz haqimizda
    • Ko'p beriladigan savollar
    • OTM statistikasi
    • Faxrli bitiruvchilar
  • Yangiliklar
    • Foto lavhalar
  • Maqolalar
  • Statistika
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Rezyumelar
  • Rezyume to'ldirish
  • AI Yordamchi
  • Bog'lanish
Kirish

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • O‘zmilliybank AJ “Kelajakka qadam” markazi rahbariyati hamda bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
08.04.2026

O‘zmilliybank AJ “Kelajakka qadam” markazi rahbariyati hamda bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zmilliybank AJ “Kelajakka qadam” markazi rahbariyati hamda bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov ochib berdi. U o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-son hamda PQ-328-son qarorlarining mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish va kasbiy faoliyatga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidlab, bu yo‘nalishda universitetda tizimli ishlar olib borilayotganini qayd etdi. Shuningdek, mazkur tadbirda Buxorodagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari vakillari studiya orqali ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda “O‘zmilliybank” AJ Buxoro viloyat bosh boshqarmasi boshqaruvchisi Obid Shodiyev so‘zga chiqib, mazkur dastur mazmun-mohiyati, uning imkoniyatlari hamda bitiruvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir doirasida O‘zmilliybank AJ “Kelajakka qadam” markazi mutaxassisi Shohzamon Jamshidovich tomonidan loyiha imkoniyatlari, bitiruvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda mavjud yo‘nalishlar yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi.

“O‘zmilliybank” AJ tomonidan bitiruvchilarning biznes loyihalari qo‘llab-quvvatlandi va bir qator bitiruvchilarning biznes tashabbuslari moliyalashtirildi:

Buxoro davlat universiteti bitiruvchisi Baxriddinova Niginabonuga – 1,0 mlrd so‘m (oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi);
Buxoro davlat universiteti bitiruvchisi Hamidova Nargizaga – 1,2 mlrd so‘m (CASE traktor xaridi);
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti bitiruvchisi Olimova Sabrinaga – 100 mln so‘m (xususiy bolalar bog‘chasi uchun jihozlar);
Buxoro davlat universiteti bitiruvchisi Xudoyberdiyev Akobirxo‘jaga – 1,8 mlrd so‘m (polipropilen qop ishlab chiqarish);
“To‘xtamurod Jumayev innovatsion maktabi” MChJga – 1,9 mlrd so‘m (o‘quv markazi tashkil etish).

Kategoriyalar

  • yarmarka 42
  • ko'rgazma 2
  • karyera kuni 28
  • Seminar trening 19
  • E'lon 3
  • munozara 5
  • Koordinator faoliyati 1
  • kelishuv 8
  • uchrashuv 43
  • hokim bilan uchrashuv 33
  • tanlov 2
  • Xotira 1
  • Xordiq 1
  • korrupsiya 1
  • Kelajakka qadam 1

HashTaglar

"Kapital bank" Buxoro filiali mehmonxona korr korrupsiya ishonch I.Karimovni eslab Buxoro Davlat Universiteti Koordinator faoliyati mahorat darsi Hokim bilan uchrashuv British American Tobacco Uzbekistan Biznesda_yoshlar karyera kuni - 2024 "ARTEL KOMPANIYASI" BUXORO FILIALI "Ekvatorial Chodak" tekstil korxonasi Karyera kuni “WORLD EDU 2023” O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fav va Innovatsion vazirligiI Ochik eshiklar Buxoro xalqaro aeroporti bilan kelishuv uzbat xalqaro korxona Biznesda_yoshlar hisobot kelishuv UZBAT BuxDU munozara Munozara_viloyat_bosqichi_saralash yarmarka tanlov energetika Biznes marafon “SOF EXPO SAMARKAND” uchrashuv Buxoro Agroklaster Buxoro Varnet munozara maktab Reikartz mehmonxonasi Seminar-trening
Yangi ish o'rinlari va bildirishnomalar haqida yangilanishlarni olish uchun hoziroq elektron pochta obunamizga qo'shiling

Karyera markazi sizga imkoniyatingiz va sharoitingizga mos ravishda ish qidirishga yordam bera oladi!

  • Manzil : Muhammad Iqbol ko'chasi 11-uy

  • Email : cace@buxdu.uz

  • Telefon raqam : +998(65) 221-27-49

  • Biz haqimizda
  • Ko'p beriladigan savollar
  • Faxrli bitiruvchilar
  • OTM statistikasi
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Foto lavhalar
  • Video lavhalar
  • Bog'lanish
Copyright © 2026 by MEME CODER +998 93 478 68 81
AI Assistant
Online

Salom! Sizga qanday yordam bera olaman?