• Biz haqimizda
    • Ko'p beriladigan savollar
    • OTM statistikasi
    • Faxrli bitiruvchilar
  • Yangiliklar
    • Foto lavhalar
  • Maqolalar
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Rezyumelar
  • Rezyume to'ldirish
  • AI Yordamchi
  • Bog'lanish
Kirish

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Qorovulbozor tuman hokimi hamda talaba-yoshlar uchrashuvi
04.04.2024

Qorovulbozor tuman hokimi hamda talaba-yoshlar uchrashuvi

Qorovulbozor tuman hokimi hamda Buxoro davlat universiteti bitiruvchilari va talaba-yoshlari uchrashuvi

     Buxoro davlat universitetining katta faollar zalida Marketing va karyera bo‘limi Bandlik markazi hamda Qorovulbozor tuman hokimligi bilan hamkorlikda yoshlarimizning ish bilan bandligini ta’minlash, biznesini qo‘llab-quvvatlash maqsadida talaba-yoshlar va tuman hokimi Ostonov Akmal Anvarovich o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni ochib berishda BuxDU rektori O.X.Xamidov muhtaram prezidentimizning oxirgi yillarda amalga oshirayotgan yoshlar siyosati, yoshlarga imkoniyatlar juda keng yaratib berilgan sharoitlar masalalari bo‘yicha talabalarimiz bilan suhbat uyushtirib, yoshlarimiz qanday fikrda ekanligi, kelgusidagi kasbiy kamolotlari haqida, shahrimizdagi 5 ta OTMda qanday kadrlar yetishtirib kelayotganligimiz va yurtimizga qanday kadrlar kerakligi masalalari yuzasidan ushbu uchrashuv tashkil etilganligini ta’kidlab o‘tdilar.

     Navbatda so‘zni Qorovulbozor tuman hokimi Akmal Anvarovich Ostonov:“- Bunday uchrashuvlar an’anaga aylanib borar ekan, bularning natijasi ijobiy bo‘lishini xohlaymiz!” – deya davom ettirdilar.

     Shu yilning o‘zida tumanimizdan 114 nafar talabalar turli yo‘nalishlarda o‘qishni yakunlab, o‘z mehnat faoliyatini olib borishi kutilmoqda. Maktab o‘quvchilarimizdan 99% yoshlar turli OTMlarga o‘qishga kirgan. Bu natijalardan ko‘rinib turibdiki, yaratib berilayotgan sharoitlardan Qorovulbozor yoshlari samarali foydalanib kelmoqda.

     Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yurtboshimiz tomonidan bir qator chora-tadbirlar tasdiqlanib, amaliyotda qo‘llanilmoqda. Buning yorqin namoyishi sifatida 2024-yilga “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nom berilganligini ayta olamiz.

     -“Bu uchrashuvdan asosiy maqsad faqat balandparvoz gaplar bilan shunchaki kelib-ketish emas, balki menga o‘zining muammo va takliflari bilan kelgan talaba-yoshlarni tinglash, ularga shu yerning o‘zida chora topish.” – deydi Akmal Anvarovich o‘zining nutqini yakunlab, tashrif buyurganlarga quloq tutar ekan.

     Tashrif buyurganlar orasida viloyatimizda mavjud OTMlardan Buxoro Muhandislik-Texnologiya instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Buxoro tabiiy resurslarini boshqarish instituti talabalari ham ishtirok etishdi.

     BuxMTI talabasi Qosimov Zuhriddinning o‘zi istiqomat qilib turgan "Imom Buxoriy" mahallasida issiqxona ochishi uchun yer ajratib berishlarinini so’rab murojaat qilganda, “- Hozir borsangiz yoshlarga davlat dasturi asosida 50 gektar yer darhol ajratib beriladi.”-deya javob berildi.

     BuxDu "Sport faoliyati:kurash" ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasining ish topib berishlari yuzasidan qilgan murojatiga tuman BO‘SM rahbari o‘qishni tugallaganlaridan so‘ng ish bilan ta’minlashini aytdi.

     BuxDTI 6-bosqich talabasi o‘z sohasida ishlamoqchiligini bildirganda Tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari tibbiyot xodimlari uchun tumanda 80 ta bo‘sh ish o‘rni mavjudligini ta’kidladi.

     BuxDU “Gid hamrohligi va tarjima nazariyasi:fransuz tili” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Yuldasheva Umriyaning yoshlarimizni kitobga, til o‘rganishga qiziqishlarini oshirish maqsadida tumanda “book-cafe” ochish uchun yer ajratilishi masalasida Tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i Sitora Karimovna Davlatova tumandagi “Yoshlar Markazi” binosidan kredit asosida joy ajratib berishlari mumkinligini bildirdi.

     Uchrashuv davomida fikrlarni tinglash, yoshlar masalalarini o'rganib, ularga ko'maklashish bilan bir qatorda universitet va tuman hokimligi o'rtasida talabalar amaliyoti va stajirovkalarini tashkil qilish yuzasidan ikki tomonlama Memorandum ham imzolandi.

Kategoriyalar

  • yarmarka 39
  • ko'rgazma 2
  • karyera kuni 26
  • Seminar trening 14
  • E'lon 3
  • munozara 5
  • Koordinator faoliyati 1
  • kelishuv 8
  • uchrashuv 40
  • hokim bilan uchrashuv 33
  • tanlov 2
  • Xotira 1
  • Xordiq 1
  • korrupsiya 1

HashTaglar

"Kapital bank" Buxoro filiali mehmonxona korr korrupsiya ishonch I.Karimovni eslab Buxoro Davlat Universiteti Koordinator faoliyati mahorat darsi Hokim bilan uchrashuv British American Tobacco Uzbekistan Biznesda_yoshlar karyera kuni - 2024 "ARTEL KOMPANIYASI" BUXORO FILIALI "Ekvatorial Chodak" tekstil korxonasi Karyera kuni “WORLD EDU 2023” O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fav va Innovatsion vazirligiI Ochik eshiklar Buxoro xalqaro aeroporti bilan kelishuv uzbat xalqaro korxona Biznesda_yoshlar hisobot kelishuv UZBAT BuxDU munozara Munozara_viloyat_bosqichi_saralash yarmarka tanlov energetika Biznes marafon “SOF EXPO SAMARKAND” uchrashuv Buxoro Agroklaster Buxoro Varnet munozara maktab Reikartz mehmonxonasi
Yangi ish o'rinlari va bildirishnomalar haqida yangilanishlarni olish uchun hoziroq elektron pochta obunamizga qo'shiling

Karyera markazi sizga imkoniyatingiz va sharoitingizga mos ravishda ish qidirishga yordam bera oladi!

  • Manzil : Muhammad Iqbol ko'chasi 11-uy

  • Email : cace@buxdu.uz

  • Telefon raqam : +998(65) 221-27-49

  • Biz haqimizda
  • Ko'p beriladigan savollar
  • Faxrli bitiruvchilar
  • OTM statistikasi
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Foto lavhalar
  • Video lavhalar
  • Bog'lanish
Copyright © 2025 by MEME CODER +998 93 478 68 81
AI Assistant
Online

Salom! Sizga qanday yordam bera olaman?