
"Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tadbirlari davom etmoqda.
Bugun, 19-aprel kuni Romitan tuman hokimligi binosida navbatdagi tuman hokimi va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Ochiq suhbat tarzida tashkil etilgan uchrashuvda tuman hokimi Umid Barnoyev, universitet O'quv ishlari bo'yicha prorektori Rustam Jumayev boshchiligidagi rahbariyat, professor-o'qituvchilar, talaba-yoshlar hamda bitiruvchilar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda bitiruvchilarning murojaatlari o'rganilib, mas'ullar tomonidan tegishli javoblar berildi. Shuningdek, mehnat yarmarkasi ham tashkil etilib, tashrif buyurganlarga tumandagi davlat tashkilotlari va ishlab chiqarish korxonalarida mavjud bo'sh ish o'rinlari haqida ma'lumotlar berildi.