• Biz haqimizda
    • Ko'p beriladigan savollar
    • OTM statistikasi
    • Faxrli bitiruvchilar
  • Yangiliklar
    • Foto lavhalar
  • Maqolalar
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Rezyumelar
  • Rezyume to'ldirish
  • Bog'lanish
Kirish

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Romitan tuman hokimi va talaba-yoshlar uchrashuvi
06.04.2024

Romitan tuman hokimi va talaba-yoshlar uchrashuvi

🟢 Hokim va bitiruvchi talabalar uchrashuvi oʼtkazildi

     06.04.2024 sanasida Buxoro shahridagi Buxoro Muhandislik texnologiya institutining faollar zalida Romitan tuman hokimi Umedjon Barnoyev ishtirokida viloyat OTMlarining romitanlik bitiruvchi yoshlari bilan uchrashdi.

     Uchrashuvda tuman hokimi oʼrinbosarlari, tegishli tashkilot, korxona rahbarlari, tuman kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimi masʼullari hamda tijorat bank vakillari, 500 nafarga yaqin mazkur OTM bitiruvchi talabalari ishtirok etdi.

     Oliy taʼlim muassasining bitiruvchilari bilan uchrashuv avvalida tuman kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimi masʼullari tomonidan boʼsh ish oʼrinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Bundan tashqari bitiruvchi yoshlarga Romitan tumanida amalga oshirilgan ishlar hamda tumanda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar toʼgʼrisida videorolik namoyishi boʼlib oʼtdi.

     Shundan soʼng, tuman hokimi Umedjon Barnoyev soʼzga chiqib, mamlakatimizda keyingi yillarda yoshlarni qoʼllab-quvvatlash, ularning oʼz iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan oliy oʼquv yurtlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, taʼlim sifatini xalqaro andozalar darajasiga koʼtarish, iqtidorli yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va ragʼbatlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotganligi xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdi. 

     Uchrashuvda Romitanlik bitiruvchi talabalarni ish bilan taʼminlash, bu boradagi mavjud imkoniyatlar, joriy oʼquv yilida viloyat OTMlarini tamomlayotgan 500 nafarga yaqin talabalarni mutaxassisligi boʼyicha ish bilan taʼminlash masalalari atroflicha muhokama etildi.

     Bu yil romitanlik 500 nafardan ortiq yoshlar oliy taʼlim muassasalarini tamomlashadi. Ularning 480 nafar viloyatdagi, 20 nafari yurtimizning boshqa hududlaridagi oliy taʼlim muassasalarini bitirishadi.

     Tuman rahbari bitiruvchi talabalar bilan suhbati davomida tuman hokimidan tortib, barcha sektor rahbarlari, mahalla faollari yoshlarning yaqin koʼmakchisi va maslahatchisi boʼlishini taʼkidladi. Uchrashuv davomida bitiruvchilar tomonidan bildirilgan taklif, tashabbus hamda murojaatlarni hal etish boʼyicha masʼullarga aniq muddatlar belgilanib, vazifalar yuklandi.

     Uchrashuv yakunida Romitan tumani hokimligi va viloyatimizdagi barcha oliygohlar oʼrtasida hamkorlik memorandumlari ham imzolandi.

    Uchrashuvda BuxDU bitiruvchilari faol ishtirok etishdi:

    Murojaat: Xorijiy tillar fakulteti ingliz tili yo’nalishi bitiruvchisi Boltayeva Shaxina IELTS 7.5 sertikikati borligini va o’z xususiy o’quv markaz ochish uchun joy berilishini so’rab murojjat qildi.

    Taklif: Romitan tuman hokimi tomonidan tuman markazida joylashgan xususiy maktabga ishlash yoki yoshlar marzasi binosidan joy taklif etdi

    Murojaat: Tabbiy fanlar fakulteti Tibbiy ta’lim yo’nalishi 4-kurs bitiruvchisi o’z yo’nalishiga mos ish so’rab murojaat qildi

    Taklif: Tumanning Sho’rcha MFY da ish bilan ta’minlash va’da berildi

    Murojaat: Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi Bahodirova Charos o’z yo’nalishiga mos ish so’rab murojaat qildi

    Taklif: Tumanning Bog’cha MFY da joylashgan 7-maktabga  ishga joylashish taklifi berildi

    Murojaat: Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi Zoirova Malohat tumanning Attaron MFY sidan o’z yo’nalishiga mos ish so’rab murojaat qildi

    Taklif: Tuman muttasadilari tomonidan shu hududga yaqinroqda joylashgan Tarnovutdagi 4-maktabga  ishga joylashish taklifi berildi

    Murojaat: Maktabgacha  ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi Po’latova Begoyim o’z hududiga yaqin joydan  yo’nalishiga mos ish so’rab murojaat qildi

    Taklif: Tuman muttasaddilari tomonidan bitiruvchining o’zi istiqomat qilayotgan Bog’cha MFY  joylashgan  9-sonli bo’g’chaga  ishga joylashish taklifi berildi

    Murojaat: Maktabgacha  ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi Halimova Mashhura Urganjiyon MFY da joylashgan 24-sonli bog’chaga  ishga kirish uchun murojaat qildi

    Taklif: Tuman muttasaddilari tomonidan bitiruvchining o’zi istiqomat qilayotgan  hududga yaqin joylashgan 120 o’rinli yangi qurilayotgan 30-sonli bog’chaga ishga joylashish taklifi berildi

    Murojaat: Maktabgacha  ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi Qobilova Shaxina O’tabek MFY da joylashgan bog’chaga  ishga kirish uchun murojaat qildi

    Taklif: Tumanning O’tabek MFY da ish bilan ta’minlash va’da berildi

 

Kategoriyalar

  • karyera kuni 23
  • uchrashuv 25
  • kelishuv 5
  • ko'rgazma 2
  • munozara 5
  • hokim bilan uchrashuv 24
  • yarmarka 23
  • tanlov 2
  • Xotira 1
  • Koordinator faoliyati 1
  • korrupsiya 1
  • E'lon 3
  • Seminar trening 1
  • Xordiq 1

HashTaglar

“SOF EXPO SAMARKAND” "Kapital bank" Buxoro filiali BuxDU munozara ishonch Buxoro xalqaro aeroporti bilan kelishuv Munozara_viloyat_bosqichi_saralash munozara uchrashuv Karyera kuni kelishuv “WORLD EDU 2023” mehmonxona xalqaro korxona Reikartz mehmonxonasi Hokim bilan uchrashuv hisobot yarmarka maktab "Ekvatorial Chodak" tekstil korxonasi Biznes marafon Buxoro Varnet Buxoro Agroklaster tanlov energetika mahorat darsi O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fav va Innovatsion vazirligiI Buxoro Davlat Universiteti karyera kuni - 2024 I.Karimovni eslab Koordinator faoliyati uzbat British American Tobacco Uzbekistan UZBAT "ARTEL KOMPANIYASI" BUXORO FILIALI korr korrupsiya Biznesda_yoshlar Biznesda_yoshlar Ochik eshiklar
Yangi ish o'rinlari va bildirishnomalar haqida yangilanishlarni olish uchun hoziroq elektron pochta obunamizga qo'shiling

Karyera markazi sizga imkoniyatingiz va sharoitingizga mos ravishda ish qidirishga yordam bera oladi!

  • Manzil : Muhammad Iqbol ko'chasi 11-uy

  • Email : cace@buxdu.uz

  • Telefon raqam : +998(65) 221-27-49

  • Biz haqimizda
  • Ko'p beriladigan savollar
  • Faxrli bitiruvchilar
  • OTM statistikasi
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Foto lavhalar
  • Video lavhalar
  • Bog'lanish
Copyright © 2025 by MEME CODER +998 93 478 68 81