• Biz haqimizda
    • Ko'p beriladigan savollar
    • OTM statistikasi
    • Faxrli bitiruvchilar
  • Yangiliklar
    • Foto lavhalar
  • Maqolalar
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Rezyumelar
  • Rezyume to'ldirish
  • AI Yordamchi
  • Bog'lanish
Kirish

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Semurg' sport majmuasida Buxoro viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo'lib o'tdi.
29.08.2024

Semurg' sport majmuasida Buxoro viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo'lib o'tdi.

            Tadbirda 100dan ortiq korxonalar, asosan, yirik ish o‘rinlari bazasiga ega “Artel” kompaniyasi, “OPASCA GmbH” xorijiy qo‘shma korxonasi, davlat va nodavlat tijorat banklari hamda viloyat miqyosida vakant ish o‘rinlari bilan Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalaridan mas’ullar ishtirok etishdi. Korxona va tashkilotlar 10 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlarini ish topish istagida bo‘lganlar e’tiboriga taqdim etishdi.

           Mehnat yarmarkasi haqida oldindan Buxoro davlat universiteti talabalari diqqatiga yetkazish maqsadida BuxDU Marketing va karyera bo‘limi hamda universitet rasmiy telegram havolalari orqali e’lon berildi hamda shu kunga qadar ishsiz qolib kelayotgan 2023/2024-o‘quv yili bitiruvchilari bo‘lim mas’ullari tomonidan qo‘ng‘iroq orqali yetkazildi.

           Bugungi kunda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish istagida o‘z mutaxassisligiga mos ish izlab yurgan yoshlar ham ishtirok etishib, taklif etilayotgan vakant ish o‘rinlari bilan tanishib chiqishdi. Mas’ullar bilan yuzma-yuz suhbatda bo‘lib, ish o‘rnida yaratilgan sharoitlar va ish beruvchining talablari bilan fikr almashdilar. Davlat sektorida ishlash istagida bo‘lgan talabgorlar o‘z ariza va rezyumelarini  https://vacancy.argos.uz  hukumat portali orqali qoldirishlari mumkinligini bildirishdi. Bundan tashqari, yana ko‘plab vakansiyalar haqida elektron https://my.mehnat.uz   Yagona milliy mehnat tizimida topishlari ta’kidlandi.

           Bundan tashqari, xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan yoshlarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

           Yarmarka yakunida o’rganishlar natijasiga ko’ra, universitetni bakalavriat yo’nalishlari va magistratura ta’lim mutaxassisliklarida o’qishni tamomlagan jami 50 nafar bitiruvchi jalb qilinib, shulardan 12 nafari xususiy sektorda ishga joylashtirilishiga erishildi.

Kategoriyalar

  • yarmarka 39
  • ko'rgazma 2
  • karyera kuni 26
  • Seminar trening 14
  • E'lon 3
  • munozara 5
  • Koordinator faoliyati 1
  • kelishuv 8
  • uchrashuv 40
  • hokim bilan uchrashuv 33
  • tanlov 2
  • Xotira 1
  • Xordiq 1
  • korrupsiya 1

HashTaglar

"Kapital bank" Buxoro filiali mehmonxona korr korrupsiya ishonch I.Karimovni eslab Buxoro Davlat Universiteti Koordinator faoliyati mahorat darsi Hokim bilan uchrashuv British American Tobacco Uzbekistan Biznesda_yoshlar karyera kuni - 2024 "ARTEL KOMPANIYASI" BUXORO FILIALI "Ekvatorial Chodak" tekstil korxonasi Karyera kuni “WORLD EDU 2023” O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fav va Innovatsion vazirligiI Ochik eshiklar Buxoro xalqaro aeroporti bilan kelishuv uzbat xalqaro korxona Biznesda_yoshlar hisobot kelishuv UZBAT BuxDU munozara Munozara_viloyat_bosqichi_saralash yarmarka tanlov energetika Biznes marafon “SOF EXPO SAMARKAND” uchrashuv Buxoro Agroklaster Buxoro Varnet munozara maktab Reikartz mehmonxonasi
Yangi ish o'rinlari va bildirishnomalar haqida yangilanishlarni olish uchun hoziroq elektron pochta obunamizga qo'shiling

Karyera markazi sizga imkoniyatingiz va sharoitingizga mos ravishda ish qidirishga yordam bera oladi!

  • Manzil : Muhammad Iqbol ko'chasi 11-uy

  • Email : cace@buxdu.uz

  • Telefon raqam : +998(65) 221-27-49

  • Biz haqimizda
  • Ko'p beriladigan savollar
  • Faxrli bitiruvchilar
  • OTM statistikasi
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Foto lavhalar
  • Video lavhalar
  • Bog'lanish
Copyright © 2025 by MEME CODER +998 93 478 68 81
AI Assistant
Online

Salom! Sizga qanday yordam bera olaman?