Şofirkon tumani hokimi va şofirkonlik talabalar uçraşuvi bölib ötdi.
Buxoro davlat universitetida Şofirkon tuman hokimi Fayzilloyev Alişer Abdilloyeviç, universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar, şofirkonlik talaba-yoşlar hamda bitiruvçilar iştirokidagi uçraşuv taşkil etildi.
Uçraşuvni BuxDU Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori K.Samiyev kiriş sözi bilan oçib berdi. Şuningdek, Şofirkon hokimi sözga çiqib, yoşlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida aytib ötdi. Jumladan, tumanda turizmni rivojlantiriş uçun amalga oşirilayotgan işlar, yoşlar uçun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, texnologiyalarni takomillaştiriş borasidagi bir qator çora-tadbirlarni ta'kidlab ötdi.
Uçraşuv qizğin savol-javoblarga boy böldi. Talaba Aleksandra Is'haqova tumanda volontyorlar markazini oçiş taklifi bilan çiqdi. 1-bosqiç talabasi Şaxnoza Asadova esa yozgi ta'til davomida oromgohlarda bolalar uçun psixologik treninglar taşkil etiş rejasi borligini aytdi.
Tumandagi Ijtimoiy iş, Bandlik, Yoşlar agentligi, Xalq ta'limi bölimlari rahbarlari uçraşuvda iştirok etib, öz sohalaridagi taklif va murojaatlarga manzilli yeçim topişdi. Hokim boşçiligidagi jamoa har bir taklifni batafsil örganib, amaliy kömak berişdi.