Sport faoliyati va Pedagogika fakultetida "Karyera kuni 2024" mehnat yarmarkasi
Buxoro davlat universitetida Marketing va karyera bólimi hamda "Sport faoliyati va pedagogika" fakulteti bilan hamkorlikda 2023/2024-óquv yilida bitirişi kutilayotgan talaba-yoşlar bandligini ta'minlaşga qaratilgan "KARYERA-2024" mehnat yarmarkasi taşkillaştirildi. Tadbirda viloyatimizda faoliyat kórsatib kelayotgan sport turlariga ixtisoslaşgan sport maktablari ózlarida mavjud vakant iş órinlari bilan taşrif buyurganlar. Bitiruvçilar ózlarining ixtisosliklariga mos iş órinlari bilan tanişib, taşkilotlar nomidan taşrif buyurgan mas'ul xodimlar bilan suhbatda bólib, iş beruvçi hamda bitiruvçi órtasidagi 3-tomonlama şartnomalarni imzolaş imkoniyatiga ega bóldilar.
P.s: "KARYERA-2024" mehnat yarmarkasi fakultetlar kesimida joriy yilning 13-22 may kunlari davom etadi.