Tabiiy fanlar , Tarix va yuridik fakultetida "Karyera 2024" mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi.
Buxoro davlat universitetida yoshlarni ish bilan bandligini ta'minlash maqsadida Tabiiy fanlar hamda Tarix va yuridik fakulteti bitiruvchi talabalari uchun "KARYERA KUNI - 2024" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur yarmarkadan maqsad tayyor mutaxassislarga ehtiyoji bor barcha korxona tashkilotlarni, shuningdek, tumanlardagi hokimliklar, aholi bandlikka ko‘maklashish markazi mas’ul xodimlari talabalar bilan bevosita suhbat o‘tkazish, ishga tanlab olish hamda shartnomalar rasmiylashtirishdan iborat.