Tadbirkor va talabalar uchrashuvi
Prezidentimiz tomonidan 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" deb nomlangan va yil boshidan buyon shu mavzuda tashkil etilgan tadbirlarning hali beri yakuni bo'lmaydi.
Kuni kecha shunday tadbirlarda yana biri BuxDU Marketing va karyera bo'limi va "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi Buxoro viloyat filiali hamkorligida universitetining "Fizika-matematika va axborot texnologiyalari" fakultetining tadbirkorlikka qiziquvchi talaba yoshlari uchun "Tadbirkor va talabalar uchrashuvi" bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda "Arxgen proekt stroy" MCHJ rahbari, yosh lider tadbirkor Firdavs Xolov taklif etildi.Tadbirkor o'z ish faoliyatini yoshlarga yaqindan tanishtirib, biznesda erishgan yutuqlari va tadbirkorlikning sir-asrorlari haqida batafsil so'zlab berdi.
Uchrashuv so'ngida yoshlar tadbirkorlikka oid o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-yanvar kuni kengaytirilgan videoselektor yig'ilishi 3-sonli bayoni 6-bandi hamda 2023-yil 11-sentyabrdagi PQ-300-sonli qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan Amaliy rejasining 52-bandiga asosan BuxDU Marketing va karyera bo'limi hamda "Yoshlar - kelajagimiz" jamg'armasi Buxoro viloyat filiali bilan hamkorlikda "Tadbirkor va talabalar uchrashuvi" tadbiri doirasida "E-auksion nima?" nomli seminar bo'lib o'tdi.
Seminarda "Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish" AJ Buxoro viloyat (https://e-auksion.uz/home) vakillari ham ishitirok etishib yer, mol-mulk va maishiy binolarni auksion orqali qanday yutib olish tartiblarini va elektron auksionda qatnashish talablarini tushintirib o'tdilar.
"Yoshlar - kelajagimiz" jamg'armasi Buxoro viloyat filiali bosh mutaxassisi Aminov Alisher tomonidan e-auksion masalasida yoshlarda qanday savollar bo'lsa jamg'armaning mutaxassislari ko'maklashishlarini, shuningdek, "Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish" AJ Buxoro viloyat mutaxassisi Majidov Muhammad tomonidan ham talabalarning barcha savollariga javob berilishini ma'lum qilinib seminar yakunlandi.