"TalabaExpo–2025" – yoshlarga yangi imkoniyatlar!
"TalabaExpo–2025" – yoshlarga yangi imkoniyatlar!
Kuni kecha, 25-sentyabr kuni Buxoro shahridagi tarixiy Ark maydonida "Kelajakka qadam" dasturi doirasida "TalabaExpo–2025" kasb ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Ko‘rgazma doirasida mamlakatimizning turli hududlaridan va xorijdan tashrif buyurgan:
100 dan ortiq yirik korxona va tashkilotlar,
1000+ bo‘sh ish o'rinlari, stajirovka va amaliyot dasturlari,
biznes va startap loyihalari taqdimotlari,
seminar-treninglar va mahorat darslari,
shuningdek, madaniy shou va musiqiy dasturlar yoshlar e'tiboriga havola qilindi.
Tadbirning asosiy maqsadi — bitiruvchi va o'rta kurs talabalari uchun real ish imkoniyatlari yaratish, ularda kelajak kasbini ongli ravishda tanlash bo'yicha motivatsiya uyg'otish va yoshlar hamda ish beruvchilar o'rtasida samarali muloqot platformasini shakllantirishdir.
Shu o'rinda, Buxoro davlat universiteti Bandlik va karyera bo'limi (http://t.me/Buxdumarketing) ham ko'rgazma jarayonlarida faol ishtirok etib, korxonalar va talabalar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muloqotlar tashkil etish, yoshlarni ishga joylashtirish hamda ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatli qadam tashlashlariga ko'maklashmoqda.
Tadbir davomida ko'plab talabalar:
o'zining birinchi ish suhbatlarida ishtirok etdi,
startap g'oyalari bilan hamkor korxonalar vakillarini qiziqtirdi,
kelajak kasbiy rejalari haqida mutaxassislar bilan fikr almashdi.
Loyiha yakunida esa Buxoro davlat universitetining faol yoshlariga pul mukofotlari va turli xil esdalik sovg'alari topshirildi. Bu esa nafaqat ularning faoliyatini rag'batlantirdi, balki kelgusida yanada faol bo'lishlariga ham kuchli motivatsiya bo'ldi.