Universitet ma'sullari ishtirokida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi hamda talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Universitet ma'sullari ishtirokida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi hamda talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank , "Uzum Bank" hamda “Kelajakka qadam” markazi rahbariyati ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib borildi.
Tadbirni universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori R.Jumayev kirish so‘zi bilan ochib berib, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, bandlik va karyera masalalarining ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida “Career Edu Uz” platformasi haqida batafsil ma’lumotlar berilib, platformadan foydalanish tartibi tushuntirildi. Shuningdek, professional rezyume (CV) tayyorlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Tadbirda yoshlarning bandligini ta’minlash, karyera rejalashtirish hamda ish faoliyatiga oid muhim tushunchalarni taqdim etdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-son hamda PQ-328-son qarorlarining mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, batafsil ma’lumotlar berdi.
"Uzum Bank" vakillari tomonidan ham bank hamda karyeraviy faoliyatlar haqida talabalarga batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
Bundan tashqari, Uzum Bank tomonidan moliyaviy savodxonlikka oid viktorinalar tashkil etilib, faol qatnashgan ishtirokchilar orasidan 1–10-o‘rin sohiblari munosib sovg‘alar bilan taqdirlandi.