• Biz haqimizda
    • Ko'p beriladigan savollar
    • OTM statistikasi
    • Faxrli bitiruvchilar
  • Yangiliklar
    • Foto lavhalar
  • Maqolalar
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Rezyumelar
  • Rezyume to'ldirish
  • AI Yordamchi
  • Bog'lanish
Kirish

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Vobkent tuman hokimi hamda talaba-yoshlar uchrashuvi
09.04.2024

Vobkent tuman hokimi hamda talaba-yoshlar uchrashuvi

       Buxoro muhandislik-texnologiya instituti faollar zalida Vobkent tuman hokimi Farxod Umarov ishtirokida viloyat oliy ta’lim muassasalarining vobkentlik bitiruvchi yoshlari bilan bo‘sh ish o‘rinlari asosida bitiruvchi talabalarni ishga joylashish va ularning muammolarini imkon qadar hal etish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

      Muloqotda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tashkilot-korxona rahbarlari, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlari, tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, tibbiyot birlashmasi rahbarlari hamda 200 nafardan ortiq mazkur OTM bitiruvchi talabalari ishtirok etishdi.

      Muloqot davomida tuman hokimi Farxod Umarov mamlakatimizda keyingi yillarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan oliy o‘quv yurtlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim sifatini xalqaro andozalar darajasiga ko‘tarish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdi va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Vobkent tuman hokimligi o‘rtasida hamkorlik Memoriandumi imzolandi.

      Ochiq muloqotda vobkentlik bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash, bu boradagi mavjud imkoniyatlar, joriy o‘quv yilida viloyat OTMlarini tamomlayotgan 300 ga yaqin talabalarni mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash masalalari atroflicha muhokama etildi.

      Ochiq, samimiy tarzda o‘tgan muloqot davomida tuman hokimi Farxod Umarov bitiruvchi yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob qaytardi. Shuningdek bitiruvchilarning to‘lov kontrakt pullarining bir qismi tuman hokimligi tomonidan to‘lab beriladigan va murojaatda bo‘lgan yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida kelishib olindi.

       Uchrashuvda mutasaddilarga yosh mutaxassislarni tegishli tashkilotlarga ishga joylashtirish bo‘yicha vazifalar yuklatildi. Muloqot davomida faol bo‘lgan bitiruvchilarga sovg‘alar va kitoblar sovg‘a qilindi.

Kategoriyalar

  • yarmarka 39
  • ko'rgazma 2
  • karyera kuni 26
  • Seminar trening 14
  • E'lon 3
  • munozara 5
  • Koordinator faoliyati 1
  • kelishuv 8
  • uchrashuv 40
  • hokim bilan uchrashuv 33
  • tanlov 2
  • Xotira 1
  • Xordiq 1
  • korrupsiya 1

HashTaglar

"Kapital bank" Buxoro filiali mehmonxona korr korrupsiya ishonch I.Karimovni eslab Buxoro Davlat Universiteti Koordinator faoliyati mahorat darsi Hokim bilan uchrashuv British American Tobacco Uzbekistan Biznesda_yoshlar karyera kuni - 2024 "ARTEL KOMPANIYASI" BUXORO FILIALI "Ekvatorial Chodak" tekstil korxonasi Karyera kuni “WORLD EDU 2023” O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fav va Innovatsion vazirligiI Ochik eshiklar Buxoro xalqaro aeroporti bilan kelishuv uzbat xalqaro korxona Biznesda_yoshlar hisobot kelishuv UZBAT BuxDU munozara Munozara_viloyat_bosqichi_saralash yarmarka tanlov energetika Biznes marafon “SOF EXPO SAMARKAND” uchrashuv Buxoro Agroklaster Buxoro Varnet munozara maktab Reikartz mehmonxonasi
Yangi ish o'rinlari va bildirishnomalar haqida yangilanishlarni olish uchun hoziroq elektron pochta obunamizga qo'shiling

Karyera markazi sizga imkoniyatingiz va sharoitingizga mos ravishda ish qidirishga yordam bera oladi!

  • Manzil : Muhammad Iqbol ko'chasi 11-uy

  • Email : cace@buxdu.uz

  • Telefon raqam : +998(65) 221-27-49

  • Biz haqimizda
  • Ko'p beriladigan savollar
  • Faxrli bitiruvchilar
  • OTM statistikasi
  • Ish topish
  • Tashkilot/Korxonalar
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Foto lavhalar
  • Video lavhalar
  • Bog'lanish
Copyright © 2025 by MEME CODER +998 93 478 68 81
AI Assistant
Online

Salom! Sizga qanday yordam bera olaman?