VOBKENTDAGI MAKTAB VA MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIGA 91 NAFAR YOSH PEDAGOGLAR ISHGA QABUL QILINDI
Pedagogika yo‘nalishida oliygohlar bitiruvchilarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari bilan ta’minlash va umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarga bo‘lgan ehtiyojni to‘ldirish maqsadiga tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbir jarayonida 107 nafar pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlar bitiruvchilari ishga joylashish istagini bildirib, murojaat qilishdi.
Mehnat yarmarkasi davomida ularning 91 nafari tumandagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ishga qabul qilindi.