Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo'l
Bugun, 21-noyabr kuni Buxoro davlat universitetida "Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo'l" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali hamda Buxoro davlat universiteti "Marketing va karyera" bo'limi hamkorligida tashkil etilgan. Shuningdek, 16 ta ish beruvchi tashkilot vakillari tashrif buyurishgan.
Davlat xizmatiga ishga kirishda halollik va shaffoflikni ta'minlovchi platformalar, jumladan, www.argos.uz sayti haqida, shuningdek, universitet bitiruvchilariga munosib ishga joylashish borasidagi muhim tavsiyalarni berdi universitetimiz rektori O.X.Xamidov kirish so'zida.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati bo’limi vakili Jumayev Zafar Ikromiddinovich hamda mutaxassis Toshev Murod Toirovich so’zga chiqib, talabalarga vacancy.argos.uz platformasining ishlash tartibini qadam-baqadam tushuntirib berishdi.
Ochiq muloqot davomida yig’ilganlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Shuningdek, ochiq muloqot davomida "El-yurt umidi" jamg'armasi ochiq stipendiya tanlovlari tartibi bilan bog‘liq yangiliklar aks etgan videorolik namoyish etildi.